Musobaqa jadal sur’atlarda davom etmoqda

0
833

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizonidagi “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydonida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqichiga start berilgan edi.

Ayni kunlarda musobaqa qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tmoqda. Musobaqada ishtirokchilar turli xil usulda otish, uzoq masofaga yugurish, mutaxassisliklari bo‘yicha turli mashg‘ulotlar va murakkab mashqlarni bajarib, g‘oliblik sari odimlamoqda.

Bu musobaqa muddatli harbiy xizmatchilarda shijoatni va o‘z mutaxassisligiga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini oshiradi. Yurt o‘g‘lonlarining kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlab, sog‘lom raqobatni rivojlantiradi.
Musobaqa davomida harbiy xizmatchilarning har bir harakatlarida yurtga bo‘lgan sadoqati, kasbiga bo‘lgan mehrini ko‘rish mumkin.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati