Shahrisabzda “Vatanparvar — mening tanlovim” shiori ostida yoshlar tadbiri oʻtkazildi

6607

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyati kengashi tomonidan Shahrisabz shahridagi avtomobil maktabida yoshlarni  “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Vatanparvar — mening tanlovim” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Tadbirda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari, “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati Kengashi, faxriylar, fidoiy kasb egalari boʻlgan ustozlar, sportchilar, oʻquvchi-yoshlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Unda soʻz olganlar tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb mutaxassisligiga oʻqitish hamda texnik va amaliy sport turlariga jalb etish muhim vazifalardan ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirda dastlab ishtirokchilar avtomobil maktabidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ular avtomaktabdagi texnikalar koʻrgazmasi davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan toʻliq javoblar olishdi.

Harbiy orkestr, yoshlar va harbiy xizmatchilarning chiqishlari tashrif buyurganlarda katta taassurotlar qoldirdi. “Ochiq eshiklar kuni”ga kelgan qatnashchilar tadbirdagi faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Albatta, bu kabi oʻtkazilayotgan tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantiradi. Ularni mustaqil fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan kelajak avlod sifatida tarbiyalashga ulkan hissa qoʻshadi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati