Jizzaxlik yoshlar “samo lochinlari”ning hayoti bilan tanishdi

5277

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida bir oylik boshlangʻich harbiy tayyorgarlikni oʻtash uchun kelgan jizzaxlik yoshlardan qiziqishi, qobiliyati va hamda bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilgandi.

Unda aksariyat yoshlar kelajakda harbiy boʻlish istaklarini bildirishgan edi. Shu boisdan yoshlarning harbiylikka boʻlgan qiziqishlarini yanada orttrish maqsadida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi va Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari bilan hamkorlikda Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismlardan biriga tashrifi tashkil etildi.

Unda dastlab “samo lochinlari” hamda bir guruh Qurolli Kuchlar faxriylari yigʻin ishtirokchilariga uchuvchilik naqadar sharafli va maʼsuliyatli kasb ekani haqida gapirib, harbiylikka ishtiyoqi baland yoshlarni ruhlantirdi.

Shundang soʻng, yoshlar harbiy qismga boʻylab sayohat qilib, zamonaviy uchish apparatlari hamda ularning trenajyor komplekslari bilan yaqindan tanishishdi.

Umuman olganda ertamiz egalarida harbiy-vatanparvarlik tuygʻusini oshirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbir jizzaxlik yoshlar uchun unutilmas taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati