Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlarining jangovar shayligi hamda tayyorgarligini oshirish yuzasidan qonun hujjatlarining ijrosi oʻrganib chiqildi

0
3797

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlarining jangovar shayligi hamda tayyorgarligini oshirish yuzasidan qonun hujjatlarining ijrosini oʻrganish holati boʻyicha qoʻmitaning oʻrganish ishlari yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda qoʻshinlarning jangovar shayligi hamda tayyorgarligini oshirish yuzasidan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda ushbu yoʻnalishda hal etilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha maʼlumotlar yigʻilish qatnashchilarining eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, yigʻilish davomida mudofaa va xavfsizlik yoʻnalishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan Sharqiy harbiy okrug qoʻmondonining oʻrinbosarlari, harbiy prokuratura xodimlari ham maʼlumot berdilar.

Yigʻilish soʻngida mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Hamdam Karshiyev va boshqa masʼul shaxslar tomonidan qonun hujjatlari talablari asosida qoʻshinlarda jangovar tayyorgarlikni yanada takomillashtirish hamda oʻquv moddiy bazani rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar va tashkil etiladigan tadbirlar haqida taklif va tavsiyalar berildi.

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar va muhokamalar yakunlari boʻyicha qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti