Xalq bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotning navbatdagisi Navoiy garnizonida boʻlib oʻtdi

0
3342

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidovning harbiy prokuratura vakillari bilan hamkorlikda “Xalq bilan ochiq muloqot” aksiyasi doirasida oʻtkazayotgan sayyor qabulining navbatdagisi Navoiy garnizonida boʻlib oʻtdi.

Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini ijobiy hal etish maqsadida oʻtkazilib kelinayotgan navbatdagi ochiq muloqotda okrug boshqaruv apparatining yuridik, kadrlar, moliya, tashkiliy safarbarlik kabi boʻlimlarining xodimlari jalb etildi.

Ochiq va oshkoralik tarzida oʻtkan ushbu muloqot jarayonlarida qoʻmondon harbiy pensionerlar va har bir oilaning uy-joy masalasi, tibbiy xizmat koʻrsatish, dam olish sanatoriyalariga yuborish, xizmat joyini koʻchirish kabi muaommolarini atroflicha oʻrganib, ularni turmush tarzini yaxshilash uchun kerakli boʻlgan koʻrsatmalarini berib oʻtdi.

Ochiq muloqot davomida harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari bandligini taʼminlash hamda xizmat joyidan koʻchib kelgan yangi harbiylarning farzandlarini umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirishdagi suniy toʻsiqlar va duch kelinayotgan muammolar ham atroflicha oʻrganib chiqildi.

Qariyb 100 ga yaqin murojaat koʻrib chiqilgan ushbu sayyor qabulda 85 foizdan koʻprogʻi joyida bartaraf etildi. Ijrosi vaqt va oʻrganish talab qiladigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, ijobiy yechimini taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriq va koʻrsatmalar berilgan.

Sayyor qabul yakunida harbiy xizmatchilar ularning oila aʼzolari uchun kitob yarmarkalari tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati