Farg‘ona davlat universiteti talabalari chinakam mardlar safida

0
1204

Vatanga qasamyod – bu er yigitning umrida bir bor kechadigan muhim va unutilmas voqea. Harbiy xizmatchi Vatanga qasamyod qilish orqali chinakam mardlar safidan o‘rin oladi.

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida tashkil etilgan tantanali marosimda Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetining 2-bosqich kursantlari tantanali ravishda Vatanga qasamyod qilishdi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ofitserlari, universitet harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari, o‘qituvchi ofitserlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, harbiy-hisob ixtisosliklari bo‘yicha rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash dasturi talabalar harbiy tayyorgarligining asosiy hujjati hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar, shuningdek, tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar. Harbiy tayyorgarlikka 27 yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli va saralash tanlovidan o‘tgan talabalar jalb qilinadilar.

Tantanli “Vatanga qasamyod” tadbiridan so‘ng harbiy orkestr va xushovoz xonandalar ijrosida mardlik, vatanparvarlik hamda ona yurtni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar, shuningdek, yurt o‘g‘lonlarining ko‘rgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati