Buxoroda mudofaa vaziri kubogi uchun shiddatli musobaqalar o‘tkazilmoqda

2972

Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilayotgan sport musobaqalari Buxoro viloyatidagi mahallalarda ham qizg‘in kechmoqda. Xususan, sportning milliy kurash hamda tosh ko‘tarish bellashuvlari Buxoro shahri hamda Olot, G‘ijduvon, Qorako‘l, Kogon, Vobkent, Jondor kabi qator tumanlar mahallalarida birin-ketin tashkil qilinib, polvonlar navbatdagi bosqich bahslariga saralab olindi.

Musobaqalarda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari, hokimlik mutasaddilari, mahalla faollari va boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari bevosita ishtirok etib, polvonlarni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlab turdi.

Darhaqiat, har bir bellashuv yuzlab polvonlar orasidan yangi iqtidorlilarni kashf etayotgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Har ikkala sport turi ham qadimdan ota-bobolarimiz uchun mardlik va pahlavonlik, jasorat va halollik namunasi sifatida ardoqlanadi. Buni teran his etib maydonga tushgan bugunning yoshlari g‘oliblik uchun bor mahorat va chapdastliklarini ishga soldilar.

 

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati