Harbiy xizmatchilarning hushyorligini oshirish maqsadida

0
2083

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harbiy va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda doimiy mashg‘ulotlar tashkillashtirib borish maqsadida Harbiy avtomobil nazorati (HAN) inspeksiyalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshlig‘i podpolkovnik Bahodir Annayev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kun tartibidagi vazifalar muhokama qilinib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Xususan, soha xodimlarining xizmat faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, harbiy xizmatchilar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalarini olidini olish, yo‘l harakati qoidalarigi rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ma’ruzalar o‘qib eshittirilib, ushbu masalalarni yechimi yuzasidan garnizon HAN inspeksiyalari harbiy xizmatchilarining fikr va takliflari tinglandi.

Tadbir so‘ngida inspeksiyalar boshliqlariga hududlarda harbiy xizmatchilar boshqaruvidagi harbiy va shaxsiy avtotarnsport vositalarning nazoratini tartibli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, IIV YHXX xodimlari bilan yanada hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti