Toshkentda “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
3643

Joriy yilgi davlat dasturi ijrosi hamda “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari, harbiy tayyorgalik markazi tinglovchilari, umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek tuman yoshlar ishtirok etdi.

Qoʻmondon va okrug mutasaddilari uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, muddatli harbiy xizmatga borish va harbiy xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun berialyotgan imtiyozlar, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘z navbatdagi qo‘mondon ham yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, kelgusida harbiy sohada xizmat qilish niyatida boʻlgan talabalarga va markaz tinglovchilarga oʻz maslahatlarini berib o‘tdi. Tadbir yakunida yoshlarga okrug qoʻmondonligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati