Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

0
1301

Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarining birida boʻysunuvchi harbiy qismlar shaxsiy tarkibini toʻliq qamrab olgan holda videoselektr orqali 2021-yil uchinchi choragi sarhisobi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida jangovar shaylik, jangovar tayyogarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yoʻnalishida erishilgan yutuq va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda boʻysunuvchi boʻlinmalardagi harbiy intizom holati chuqur tahlil etilib, kelgusida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda joylardagi qoʻshilma va harbiy qism komandirlarining ham hisobotlari tinglanib, muammoli masalalarni hal etish yuzasidan shu joyning oʻzida tegishli mansabdor shaxslarga koʻrsatmalar berildi.

Tadbir davomida mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayon, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazishda barcha kuch va vositalarni safarbar etish, kelgusida barcha yoʻnalishlarda oʻtkaziladigan bellashuv va tanlovlarda munosib ishtirok etish boʻyicha aniq va manzilli koʻrsatmalar berildi.

Mayor Farruxbek Sotvoldiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti