Mingbuloqda polvonlar mudofaa vaziri kubogi uchun bellashishdi

0
5036

Mamlakatimizda isteʼdodli yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar kundan kunga ortib bormoqda. Yurtimizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar shunday imkoniyatlardan biri, desak adashmaymiz.

Namangan viloyati Mingbuloq tumanining “Madiyarovul” mahallasida yosh polvonlar oʻrtasida “Milliy kurash va tosh koʻtarish” boʻyicha mudofaa vaziri kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Unda tuman aholisi va yoshlar, tuman hokimligi vakillari, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, shuningdek Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Musobaqa “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” yurish marafoni bilan boshlandi. Shundan soʻng turli vazn toifasidagi polvonlar milliy kurash va tosh koʻtarish uchun birin-ketin maydonga chiqib keldilar. Mudofaa vaziri kubogi uchun oʻtkazilgan mazkur musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻzaro kuch bellashishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida milliy taomlar sayli, kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etilib, musobaqa yakunida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati