Senator va yoshlar harbiy xizmatchilar mehmoni boʻldi

0
4193

Yurtimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan yoshlar oyligi munosabati bilan Markaziy harbiy okrugi boshqaruv apparatida senator, yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etili.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va yoshlarga mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquqlarini taʼminlash, aholi farovonligi yoʻlidagi xayrli ishlar, yosh avlod kelajagi yoʻlida barpo etilayotgan bunyodkorliklar borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.

— Bugun uyushmagan yoshlarga dunyoda boʻlayotgan yangilik, voqea-hodisalarni yetkazish, ularning bilim olishlari uchun yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirish tadbirlarining oʻtkazilishi yaxshi samara bermoqda,— deydi Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev. — Negaki, yoshlarda jahonda boʻlayotgan voqealarga nisbatan oʻz fikrini shakllantirish kerak. Ularni zamonaviy bilimga ega boʻlishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan tez-tez xabardor qilib turish ham bizning vazifamiz. Bu borada ayniqsa Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etayotgan targʻibot ishlari salmoqli samara beryapti.

Oʻquvchi yoshlar ham mazkur tadbirdan, yurtimizning barcha hududlarida roʻy berayotgan ijobiy oʻzgarishlardan ilhomlanib, yurt ravnaqiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻsha oladigan inson boʻlib voyaga yetishishga, va eng muhimi vatanparvarlik shijoati bilan harakat qilishga ishonch bildirdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmti