Yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan oʻquv-uslubiy mashgʻulot

0
3415

Mamlakatimizda Yoʻl harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yoʻl-transport hodisalarining olidini olish, yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hamda belgilangan tartiblarni shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida vazirlik markaziy apparatining barcha toifadagi harbiy xizmatchilari bilan oʻquv-uslubiy mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulotda Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshligʻi podpolkovnik B.Annayev Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarida harbiy xizmatchilar oʻrtasida baxtsiz hodisalar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtirish, soha yuzasidan oʻtkazilayotgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda qoʻmondonlik tarkibining boʻysunuvidagi shaxsiy tarkib maʼsuliyatini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilayotgani haqida toʻxtalib oʻtildi.

Mashugʻulotning mazmunli va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligidan taklif qilingan IIV JXD YHXX axborot xizmati boshligʻi mayor A.Murodov Yoʻl harakati qoidalarining yangi tahririga kiritilgan bir qator qoʻshimcha va oʻzgartirishlar toʻgʻrisida hamda harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan mavzuga oid savollarga batafsil javoblar beri.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti