Farg‘onada “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

4256

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov Fargʻona “Temurbeklar maktabi”ning bitiruvchi-oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Qoʻmondonning yoshlab bilan uchrashuvi oddiy suhbat koʻrinishida emas, balki ochiq, samimiy muloqot tarzida oʻtkazildi. Unda yoshlar qaysi kasbni egallashidan qatʼiy nazar Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yoʻlida xizmat qiladigan yetuk kadr boʻlib yetishishlari lozimligi misollar orqali taʼkidlab oʻtildi. Ayniqsa, harbiylik kasbini egallash uchun har bir insondan bilim, iroda va kuch talab qilinishini yoshlarga batafsil tushuntirildi.

Shundan soʻng, oʻquvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarilib, kelajagimiz ertalarining hech biri eʼtibordan chetda qolmadi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini oshirib, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini shakllantirishi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati