Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy-ilmiy anjuman oʻtkazildi

0
3996

Qurolli Kuchlar akademiyasida “XXI asr soʻnggi oʻn yilligidagi qurolli nizolarda harbiy sanʼatni rivojlanishi va transformatsiyasi: nizolarni kelib chiqishi va ularni bartaraf etishdagi zamonaviy yondashuvlar” mavzusida harbiy-ilmiy anjuman oʻtkazildi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Aloqa-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Anjumanda soʻzga chiqqanlar dunyoda va mintaqamizda XXI asr soʻnggi oʻn yilligida qurolli nizolarning kelib chiqishi va ularni bartaraf etishdagi zamonaviy yondashuvlar boʻyicha fikr mulohazalarini oʻrtaga tashlashdi. Shuningdek, ishtirokchilar qurolli nizolarda harbiy sanʼatni rivojlanishi va transformatsiyasi, nizolarning kelib chiqish sabablarini ham muhokama qilishdi.

Anjuman yakunida soʻzga chiqqan va faol ishtirok etgan bir guruh ofitserlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti