Samarqandda MDH Qurolli Kuchlar topografiya xizmatlari Muvofiqlashtirish qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boshlandi

0
5998

Markaziy harbiy okrugda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Qurolli Kuchlar topografiya xizmatlari Muvofiqlashtirish qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda MDH mudofaa vazirlari Kengashi kotibiyati, Rossiya Federatsiyasi, Oʻzbekiston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston hamda Tojikiston Respublikalari Qurolli Kuchlarining topografiya xizmati boshliqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Kartografiya markazi va Navigatsiya-topogeodeziya markazi hodimlari ishtirok etishmoqda.

Yigʻilishda soha vakillari topografiya xizmati boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilib, uni yanada kuchaytirish borasida fikrlar bilan almashdilar.

Shuningdek, soha yoʻnalishi boʻyicha kadrlar zahirasini tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda elektron-raqamli va navigatsiya xaritalarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shundan soʻng harbiy delegatsiya vakillari Markaziy harbiy okrugning harbiy topografiya oʻquv sinfida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ular tarix oʻquv binosidagi oʻzbek xalqining buyuk tarixiga bagʻishlangan oʻquv sinflarida boʻlib, buyuk sarkardalarimizning jang taktikasi, strategiyasi, qoʻshin turlari bilan tanishish bilan birga, bu davrda iqtisod, madaniyat-maʼnaviyat, sanʼat, adabiyot, ilm-fan rivoj topganligi haqida tegishli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Endilikda, ushbu sohani manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish oʻrnida “Sazagan” dala-oʻquv maydonida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib boriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati