Andijonda harbiy xizmatchilar oʻrtasida saylovga bagʻishlangan huquqiy viktorina oʻtkazildi

0
532

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida “Yosh saylovchi” targʻibot aksiyasi oʻtkazildi.

Aksiya doirasida Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 24-oktyabr kuni mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda faol ishtirok etish va harbiy xizmatchilarning siyosiy-huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan maʼruzalar qilindi.

Shundan soʻng harbiy xizmatchilar oʻrtasida huquqiy viktorina tashkil etilib, unda harbiy qismdagi ofitserlar, serjantlar va muddatli harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Viktorinada gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Harbiy qismda saylov uchastkasi ham tashkil etilgan boʻlib, unda barcha saylovchilar uchun sharoit yaratilgan. Ona-bola xonalari, tibbiy burchaklar tashkil etilgani saylovchilar uchun qulaylikni yanada oshiradi.Bu kabi targʻibot tadbirlar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida oʻtkizilishi davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati