Samarqandda “Qo‘mondon kubogi” va “Chempionlik kamari” uchun musobaqalar o‘tkazildi

0
5477

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari va sport to‘garaklardagi yoshlar o‘rtasida sportning qo‘l jangi bo‘yicha “Qo‘mondon kubogi” hamda harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida “Chempionlik kamari” uchun MMA janglari o‘tkazildi.

Dastlab, 18 ta vazn toifasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar o‘g‘il-qizlar sportning qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda o‘zaro bellashishdi.  

Unda yosh sportchilar shiddatli va murosasiz janglarda shaxsiy hamda umumjamoa hisobida musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib borishdi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqadan so‘ng harbiy xizmatchilar va sportchi yoshlar o‘rtasida MMA jangiga navbat berildi. Ushbu aralash jang san’atining 3 ta vazn toifasida harbiy xizmatchilar va sportchi yoshlar oktaganga ko‘tarilishdi.

Final baxsda Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi kichik serjant Siroj Jumanazarov samarqandlik MMA jangichisini bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etib, qo‘mondonning chempionlik kamariga sazovar bo‘ldi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati