Qoʻmondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

0
3858

Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasida Mudofaa vazirligi qoʻmondonlik tarkibi ofitserlari uchun oʻquv-uslubiy malaka oshirish kurslari boshlandi.

Asosiy mavzu “Harbiy xizmatchilarda buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” deb nomlanib, bunda ofitserlar yot gʻoyalar taʼsiridan himoyalanish, vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash, har qanday muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida hal qila olish va shu kabi koʻplab interfaol usullar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borishadi.

Oʻquv kurslari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Xalqaro Islom akademiyasining professor-oʻqituvchilari tomonidan 72 soatga moʻljallangan oʻquv dastur asosida olib boriladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti