Samarqandda «Save Aral» xayriya marafoni boʻlib oʻtdi

0
3375

Samarqandda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan mingdan ortiq aholi va yoshlar hamda Markaziy harbiy okrugning harbiy xizmatchilari ishtirokida Orol dengizini saqlab qolishga bagʻishlangan marafon oʻtkazildi.

Mazkur marafon mamlakatimiz ekologiyasi barqarorligiga hissa qoʻshish, ommaviy sport tadbirlari orqali aholimiz orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.

Poyga avvalida oʻtkazilgan ochilish marosimida mutasaddilar Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar hamyurtlarimiz orasida yanada ommalashib borayotganini alohida taʼkidlashdi.

Musobaqa ishtirokchilari Samarqand shahridagi Islom Karimov koʻchasidan boshlab “Xoʻja Doniyor” ziyoratgohigacha boʻlgan 3 kilometrlik masofani bosib oʻtishdi.

Musobaqa yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati