Korrupsiya – ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch

0
5611

Hozirgi kundagi global muammolardan biri sanalayotgan korrupsiya inson va jamiyat hayotidagi eng zararli illatlardan hisoblanadi. Shu boisdan korrupsiya bo‘yicha shaxsiy tarkibga zarur tushunchalarni yetkazish va korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Markaziy harbiy okrug Madaniyat va ma’rifat markazida “Korrupsiya – ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning ma’sul ofitserlari, Mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlari hodimlari ishtirok etgan profilaktik tadbirda dastlab fuqarolarni harbiy xizmatga chaqiruv mavsumida Mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlarida saralashdan o‘tolmagan yoshlarning yaqinlari tomonidan harbiy xizmatga yuborish uchun turli qing‘ir holatlarining ko‘plab uchrashi va bunday noqonuniy xatti-harakatlar insonni salbiy illatning girdobiga tortish mumkinligi, eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash lozimligi xususida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida Samarqand harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan korrupsiya – tamagirlikning yuqori nuqtasi va xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat ekanligi huquqiy asoslar bilan tushuntirib berildi. Shuningdek, bu illatga qarshi kurashish uchun tegishli organlargina emas, balki har bir shaxs ma’sulligi eslatib o‘tildi.

Harbiy xizmatchilar orasida salbiy holatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan bunday chora-tadbirlar yurt himoyachilarini halol va pok, harbiy xizmatni chuqur mas’uliyat va vijdonan o‘tashga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati