Milliy armiyamiz zangiotalik yoshlar nigohida

0
6846

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabda “Milliy armiya yoshlar nigohida!” mavzusida rahbar va yoshlar uchrashuvi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Toshkent harbiy prokuraturasi, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zangiota tuman kengashi, tuman ma’naviyat bo‘limi va xalq ta’limi vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularda ona Vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda musiqiy va badiiy chiqishlar, turli xil ko‘rgazmali namoyishlar uyushtirildi.  Ayniqsa, maktab o‘quvchilarining bir-biridan ajoyib raqs, kuy va qo‘shiqlar bilan chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz olib kirdi.

Shuningdek, tadbir davomida «Impuls» harbiy vokal ansambli tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ro‘ziqul OChILOV, Mudofaa vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti