Bog‘cha bolalarining harbiy raqslar namoyishi bo‘lib o‘tdi

0
5980

Yurtimizda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, bog‘cha bolalarining harbiy raqslar namoyishi ana shunday sa’y-harakatlar sirasiga kiradi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida “Mard ajdodlar jasorati hech qachon unutilmaydi!” shiori ostida jajji o‘g‘il-qizlar ishtirokida qiziqarli va hayajonga boy raqslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishtirok etgan mazkur tadbir o‘ziga xos tarzda tashkil etildi. Bolajonlarning har bir chiqishlarida ona Vatanga bo‘lgan muhabbati sezilib turdi. Ertamiz egalarining egnidagi harbiy liboslar tomoshabinlarning ko‘zlarini quvontirish bilan birga ularning o‘zlarida ham harbiylik kasbiga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi.

Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar va bog‘cha bolalari o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Muattar MELIYEVA,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti