Yurtimiz boʻylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

0
8204

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan biridir. El-yurt tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻidadir. Ushbu kunda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan yurtdoshlarimiz sharaflanib, safimizda boʻlganlariga gʻamxoʻrlik va eʼtibor, yuksak ehtirom koʻrsatiladi.

Jumladan, sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati “Gʻalaba bogʻi”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻyishdi.

Shuningdek, xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirokida ham tantanali nishonlandi. Xususan, joylarda oʻtkazilgan marosimlarda shafqatsiz urush maydonlarida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish bilan birga, bugungi yorugʻ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalar, urush va mehnat faxriylariga mashaqqatli mehnat frontida koʻrsatgan mardlik va jasorati uchun hurmat bajo keltirildi.

Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi

Olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimiz, front ortida mardonavor mehnat qilgan faxriylarimizga yuksak ehtirom koʻrsatish tadbirlari harbiy okrug va qoʻmondonliklar miqyosida davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti