Xorazmda “Eng ilgʻor jangovar vzvod” musobaqasi oʻtkazilmoqda

0
1224

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Jangovar vzvod yili” shiori ostida jangovar vzvodlarning hamjihatligi, birdamligi va uygʻunligini yanada yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligini takomillashtirish, boʻlinma komandirlarida liderlik qobiliyatini oshirish maqsadida “Eng ilgʻor jangovar vzvod” koʻrik-tanlovi joriy etilgan.

Boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va shayligini koʻtarishga xizmat qilayotgan ushbu tanlov Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugda Urganch garnizonidagi harbiy qismlarning birida boʻlib oʻtmoqda.

Mudofaa vazirligi jangovar tayorgarlik bosh boshqarmasi hamda vazirlik masʼul ofitserlaridan tuzilgan hayʼat aʼzolari ayni vaqtda “Yangiariq” umumqoʻshin poligoni hududida ishtirokchi jamoalarning jangovar tayyorgarligini sinovdan oʻtkazishmoqda. Sinov jarayonlari bir necha kun davom etadi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati