Keksalik gashti

0
7270

Yoʻqlov – millatimizga xos ezgu anʼanalardan biri. “Vatanparvar” gazetasining birinchi bosh muharriri, isteʼfodagi polkovnik Irismuhammad Abdukarimov tavallud kuni, qutlugʻ 65 yosh sanasi Ramazon hayit bayrami kunlariga toʻgʻri keldi.

Mudofaa vazirligining bir guruh ofitserlari, “Vatanparvar” birlashgan tahririyati hamda Mudofaa vazirligining Faxriylar kengashi Toshkent shahar boʻlimi xodimlari ustoz ofitserni yoʻqlab xonadoniga bordi. Mudofaa vazirining esdalik qoʻl soati, zarbof toʻn, faxriy yorliq va tashakkurnomalar oʻz egasiga topshirildi.

Shundan soʻng dasturxon atrofida boʻlib oʻtgan suhbatda yaqin 20-30 yillik tajriba tahlil qilindi. Saboqlar tinglandi va suhbat qoʻshalok tantana 70 yillik yubileyda ham bardavom boʻlish tilagi bilan poyoniga yetdi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti