Harbiy xizmatchilar “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” nomli tadbirda ishtirok etdi

0
7469

“Amudaryo” dam olish maskanida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va Termiz davlat universiteti rahbariyati hamkorligida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, Termiz harbiy prokuraturasi xodimlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, oliy ta’lim muassasalar talabalari, “Guliston” mahallasi yoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning badiiy qismida Termiz garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlardan iborat chiqishlari, talaba yoshlarning quvnoq sahna namoyishlari tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashdi.  Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarni harbiylik kasbiga bo‘lgan havas va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni