Harbiy oilalarning bandligi taʼminlanmoqda

0
7195

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati bandlik bosh boshqarmasi, shuningdek, boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada Fargʻona garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda harbiy xizmatni oʻtab kelayotgan harbiy xizmatchilarning ish bilan band boʻlmagan 100 nafardan ortiq  oila aʼzolari ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkada viloyatning 20 tadan ortiq tashkilot, muassasa va korxonalari oʻzlarining 200 tadan ortiq  boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

Unda ish bilan band boʻlmagan harbiy oilalarning 7 nafariga mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berilgan boʻlsa, ikki nafariga mutaxassislik boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlmaganligi sababli 6 oy muddatga ishsizlik nafaqasi olish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shu bilan bir qatorda 5 nafar xotin-qizlarga mehnat faoliyatlarini olib borishlarida zarur boʻlgan 3 oylik kompyuter oʻquv kurslariga oʻqishlari uchun bepul yoʻllanmalar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati