Iste’fodagi harbiyga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi

0
720

Harbiy faxriylar, mehnat veteranlari, keksa otaxonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish maqsadida Аndijon viloyat mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, jamoatchilik vakillari, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Аndijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Аndijon tumani “Ittifoq” MFY hududidagi 1952-yilda tug‘ilgan “Shuxrat” va “Malakali Ustoz” medallari sohibi, viloyat faxriylari kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Xalikov Mutalibjonning xonadoniga tashrif buyurib, 3-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida nuroniylar maskanida otaxonlar bilan bir piyola choy ustida qiziqarli suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda harbiy orkestrning turli kuy-qo‘shiqlari barchaga manzur bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati