Harbiylar sel oqibatlarini bartaraf etmoqda

0
4769

Joriy yilning 20-aprel kuni Jizzax viloyatining Forish tumani “Egizbuloq” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan qishloqni sel bosishi natijasida aholi talafot koʻrgani toʻgʻrisida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardan biriga xabar kelib tushdi.

Forish tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari birinchilardan boʻlib voqea joyiga yetib bordi hamda talafot koʻrgan mahalliy aholiga yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti