Samarqand harbiy gospitalida murakkab jarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyildi

0
4116

Samarqand harbiy gospitalida ilk marotaba murakkab jarrohlik amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, harbiy shifokorlarimiz ushbu muassasada, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarida aniqlangan jigar qurtini murakkab jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash ishlarini amalga oshirishmoqda.

Jumladan, Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismda xizmat qilib kelayotgan podpolkovnik Davronbek Roʻzmetovga Samarqand harbiy gospitalida ikki tomonlama chanoq son boʻgʻimi yemirilishi tashxisi qoʻyilgan edi.

– Men jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarida ogʻriqlardan juda ham qiynalar edim, shuning uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkanimda ushbu kasallik aniqlandi deydi, — podpolkovnik Davronbek Roʻzmetov. Shundan soʻng, juda tushkinlikka tushib kasallikni davolashga tushdim va surishtirganimda juda koʻp mablagʻ ketishi va harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilishim mumkinligini eshitib afsuslangandim. Biroq harbiy shifokorlarimiz menga katta umid bildirib, davlatimizning biz harbiy xizmatchilarga qaratayotgan eʼtibori tufayli ushbu jarrohlik amaliyotini bepul amalga oshirishdi. Hozirgi kunda sogʻligim juda yaxshi, shifokorlarimiz yana safga qaytishim mumkinligini aytganida juda ham xursand boʻldim, bu menga Vatan oldidagi burchimni yanada sadoqat bilan ado etishga motivatsiya berdi. Yurtimiz rahbari va xukumatimizga biz harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlayotganligi uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.

Inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar, sohaning rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati