Kattaqoʻrgʻonda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan ochiq muloqat oʻtkazildi

0
3770

Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova hamda Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odil Oʻsarov ishtirokida “Inson qadri uchun» shiori ostida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Tashkilotchilar bilan birga sektor rahbarlari, Kattaqoʻrgʻon shahar bandlikka koʻmaklashish markazi, sogʻliqni saqlash boʻlimi, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim vakillari ishtirok etgan ochiq muloqat harbiy xizmatchilar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda aholi va yoshlarni Qurolli Kuchlar sohasida qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlarni tinglashga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Ochiq muloqat davomida oilalarni qiynab kelayotgan muammolar, yechim talab qiladigan ijtimoiy muammolar oʻrganilib, ularning aksariyati shu joyning oʻzida hal etildi, oʻrganiladigan va maʼlum vaqt talab etadigan murojaatlarni esa qisqa vaqtlarda qonuniy va ijobiy hal qilish masalalari kelishib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati