Samarqandda o‘quvchi yoshlar Buyuk Sohibqironning boy tarixini o‘rganishdi

0
2941

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda Samarqand shahridagi 28-umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab yoshlarga zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etilib, ularning texnik-taktik tavsiflari to‘g‘risida malumotlar berildi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar harbiy qismning tarix o‘quv binosidagi Sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan o‘quv sinfida bo‘lishdi. Ular o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida Turon yerlarida markazlashgan davlat barpo etgan buyuk sarkardalardan biri Amir Temurning jang taktikasi, strategiyasi, qo‘shin turlari bilan tanishish bilan birga, uning davrida iqtisod, madaniyat-ma’naviyat, san’at, adabiyot, ilm-fan rivoj topganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar va ko‘rgazmadagi san’at asarlari o‘quvchilarning Amir Temur haqidagi tasavvuri va bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati