Yoshlar nuroniylar nigohida

0
5741

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan harbiy qism harbiy shaharchasida “Yoshlar nuroniylar nigohida” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Pop tumani hokimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi xodimlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlinmasi yetakchi mutaxassislari, nuroniylar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi doirasida oʻtkazilayotgan harbiy vatanparvarlik tadbirlari kelajak avlod vakillarida katta taassurot qoldirayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir davomida harbiy shaharchada sport oʻyinlari, konsert dasturlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avto va moto koʻrgazmalari tashkil etildi. Yoshi ulugʻ otaxonlar ertamiz egalari bilan suhbat qurib, hayotiy va kasbiy tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi  va ularga oʻzlarining maslahatlarini berishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan otaxon va onaxonlarga, faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati