Termizda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan askarlar uylariga kuzatildi

0
1538

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda yigitlik burchini sharaf bilan ado etgan muddatli harbiy xizmatchilarni uylariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Kuzatish marosimida bir guruh askarlarga yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Soʻzga chiqqanlar muddatli harbiy xizmatni namunali ravishda oʻtab, Vatan sarhadlarini himoya qilishga, Qurolli Kuchlar jangovar qudratini oshirishga qoʻshgan hissalari uchun askarlarga minnatdorchilik bildirib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qism ofitserlari bilan esdalik uchun suratga tushdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni