Diyora Keldiyorova Antaliya “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

0
1704

Dzyudo bo‘yicha Turkiyada o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasida mamlakatimiz terma jamoasi ikkinchi medalga ega chiqdi.

Ushbu navbatdagi medalni, 52 kg vazn toifasida hamyurtimiz O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.

Finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan Mudofaa vazirligi vakilasi hal qiluvchi bellashuvda vengriyalik Reka Puppga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qo’lga kiritilgan kumush medal sportchimizga jahon reytingi uchun 700 ochko taqdim qiladi.

Sportchimizni qo‘lga kiritgan kumush medali bilan tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatlariga omad va yorqin g‘alabalar tilab qolamiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti