Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok

0
2994

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida velosport boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

Milliy terma jamoa tarkibida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Aleksey Fomovskiy 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar orasida oʻtkazilgan yakka poygada ikkinchi natijani koʻrsatib Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi.

Oʻtkazilgan ushbu Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillari 5 ta oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Sportchilarni Oʻzbekiston sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, velosport federatsiyasi hamda Mudofaa vazirligi Sport markazi vakillari tantanali kutib oldilar.

Tadbir davomida mutasaddilar sportchilarni munosib ishtiroki bilan tabriklab, kelajakdagi faoliyatlarida omad va yorqin gʻalabalar tilab qoldilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti