Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida davra suhbati oʻtkazildi

3119

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar negizida kursantlarni kelajakdagi ofitserlik faoliyatiga tayyorlash, yosh ofitserlarimizni xizmatning boshlangʻich davrlarida qoʻllab-quvvatlash, lavozim majburiyatlarini bajarishiga kirishib ketishga yordam berish maqsadida “Bilim va amaliy tajribaga asoslangan tavsiyalar – ofitserlik faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashning garovi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda bilim yurtining malaka oshirish fakultetida taxsil olayotgan ofitserlar, mutaxassis tayyorlovchi kafedra rahbariyati va 4-5 bosqich kursantlari ishtirok etdi.

Tadbir boshida bilim yurti boshligʻining oʻrinbosari polkovnik S. Abdurayimov soʻzga chiqib, suhbat qisqa vaqtlarda oʻqishni tamomlab qoʻshinlarga yoʻl oladigan kursantlarimiz uchun juda foydali boʻlishini, taxsil olish uchun qolgan uch oydan yanada maqsadli va unumli foydalanishga turtki boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng malaka oshirish fakulteti ofitserlari soʻzga chiqib, kursantlar harbiy xizmatning boshlangʻich davrlarida duch kelishi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarni oldini olish, kelajakdagi ofitserlik faoliyatiga kasbiy va ruhiy jihatdan tayyorlanish borasida oʻzlarining tavsiyalarini berishdi. Tadbir savol javoblar va tavsiyalarga boy tarzda oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti