Fargʻonada “Tinchlik jangchisi” musobaqasining okrug bosqichi boʻlib oʻtmoqda

0
4521

“Fargʻona” dala oʻquv maydonida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazib kelinayotgan Armiya oʻyinlari doirasidagi “Tinchlik jangchisi” musobaqasining okrug bosqichi boshlandi.

Harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarda Vatanga sadoqat, oʻz mutaxassisligiga muhabbat tuygʻusini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitiga asoslangan zamonaviy anʼanalarni yaratishga qaratilgan musobaqaning dastlabki bosqichi harbiy qism hamda muassasalarda boʻlib oʻtgan edi.

Musobaqa davomida harbiy xizmatchilar “Atlet”, “Professional”, “Mergan”, “Kavaler” (“Sudarinya”), “Erudit” deb nomlangan 5 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashmoqda.

“Atlet” harbiy sport yoʻnalishida musobaqa ishtirokchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasi tekshirilsa, “Professional” harbiy-professional yoʻnalishining asosiy vazifasi jangovar tayyorgarlikda belgilangan meʼyorlar boʻyicha bilim, koʻnikmalarni va kasbiy sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgan. Keyingi shartlar davomida esa ishtirokchilarning avtomat qurolidan oʻq otish tayyorgarlik darajasi, ijodiy qobiliyatlari hamda tarix, siyosiy va harbiy geografiya fanlaridan bilimlari sinaladi.

Har bir shartlarning bajarilishi hakamlar hayʼati tomonidan baholab borilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati