Aydarkoʻl sohillarida oʻtkan festival yoshlar uchun unitilmas lahzalarga boy boʻldi

0
3214

Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq respublikamiz boʻylab ishchi guruhlar tomonidan mahalladagi yoshlar bilan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuv va kechalar oʻtkazib kelinmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Mudofaa vazirligi ofitserlari ham kiritilgan boʻlib, ular bugungi kunda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida keng qamrovli ish olib bormoqdalar.

Tumandagi mahalla yoshlarini boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularda vatanparvarlik hislarini oshirish maqsadida Aydarkoʻl sohillarida yoshlar festivali tashkil etildi. Festival doirasida arnasoylik yoshlarning isteʼdodi va mahoratlarini namoyon etishga qaratilgan turli sport musobaqalari va koʻrik tanlovlar oʻtkazildi.

Yoshlar uchun unitilmas lahzalarga boy boʻlgan festival davomida Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan faxriy qorovulning koʻrgazmali saf elementlari, qoʻl jangi boʻyicha chiqishlar hamda harbiy orkestr jamoasining kuy va qoʻshiqlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati