Sport vazirining tashrifi

0
2778

Bugun, 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi oʻq otish sporti bazasiga Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va vazirlik vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrif chogʻida mehmonlar markazning oʻq otish bazasida sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, sport qurollari, oʻquv-mashgʻulot joylari hamda sportchi va murabbiylar bilan yaqindan tanishdilar hamda kelajakdagi rejalar, oʻq otish otish sportini yanada rivojlantirish va uni yangi pogʻanalarga olib chiqishda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik ishlarini yanada kuchaytirish kabi masalalari haqida soʻz yuritildi.

Taʼkidlash lozimki, Adham Ikramov joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri etib tayinlangan va uning bugungi Mudofaa vazirligi Sport markaziga ilk tashrifi hisoblanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti