Harbiy xizmatchilar taktik oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda

2361

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari nazariy olgan bilimlarini amaliy mashgʻulotda qoʻllash boʻyicha dala-oʻquv maydonida tashkil etilgan taktik oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.

Erta tongdan harbiy xizmatchilarning signal asosida doimiy yashash joyidan dala-oʻquv maydoni tomon maxsus harbiy texnikalar va boshqa transportlar orqali harakatlanishi boshlandi.  

Yoʻl davomida batalyon shaxsiy tarkibi turli shartli toʻsiqlarni yengib oʻtgan holda harakatni davom ettirdi. Manzilga yetib kelinishi bilan harbiy xizmatchilar qoʻriqlovini tashkil etib, joylashuv ishlarini amalga oshirishdi.

Yuqori qoʻmondonlik tomonidan navbatdagi vazifa berilgunga qadar qoʻriqlov va kuzatuv ishlari tunda ham davom ettirildi.

Mashgʻulot davomida shaxsiy tarkibga shartli dushmanni topish, yakson etish topshirigʻi berildi. Unga koʻra, yurt oʻgʻlonlari shartli dushman yoʻnalishni aniqlab, qulay pozitsiyalar egalladi. Egallangan pozitsiyalar orqali nishonlar birin-ketin yakson qilindi va vazifa aʼlo darajada bajarildi.

Bunday oʻquv mashulotlari harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati