Nuroniylar, harbiylar va yoshlar uchrashuvi

0
2984

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida joylashgan istirohat bogʻida “Nuroniylar, yoshlar va harbiylar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Tadbirda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining masʼul shaxslari, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi va mahalliy aholi vakillari hamda koʻp sonli yoshlar ishtirok etdi.

Koʻtarinki ruhda boshlangan uchrashuv davomida harbiylar, tuman turizm va sport boʻlimi xodimlari hamda yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi. Qizgʻin baxslarda yoshlar bilan bir safda nuroniy otaxonlar ham tengma-teng bellashdilar. Shuningdek, tadbir davomida yurt posbonlari tomonidan harbiy-texnika va qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etildi.

Keng maydon uzra alp oʻgʻlonlarning koʻrgazmali chiqishlari, harbiy orkestrning ona Vatan, tinchlik va osoyishtalikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari hudud aholisini yana bir karra quvontirdi.

Uchrashuv doirasida tuman hokimligi tomonidan bir guruh Qurolli Kuchlar faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlar munosib taqdirlandi. Shu kuni masʼullar hududda istiqomat qiluvchi urush qatnashchilari xolidan ham xabar olishdi. Mazmunli suhbatlar ularning koʻngillarini shod etdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati