Eshkak eshuvchilarimizning Tailanddagi g‘alabalari davom etmoqda

4549

Tailandning Rayong shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati Mudofaa vazirligi vakillari uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Kecha o‘tkazilgan bahslarda ham sportchilarimiz ajoyib ishtiroklari bilan 19 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu kun dasturidan o‘rin olgan barcha bellashuvlar 500 metr masofaga o‘tkazildi. Sportchilarimiz yoshlar va kattalar o‘rtasidagi startlar bilan hisoblaganda 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Kanoechi ayollar o‘rtasidagi o’tgan kungi dasturda Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi QK xizmatchisi Gulbahor Fayziyeva yakkalik dasturida g‘alaba qozongan edi. Bugun u Tokio-2020 ishtirokchisi kichik serjant Nilufar Zokirova bilan juftlik bahsida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz:

Kattalar, oltin medal:

С-2: Gulbahor Fayziyeva va kichik serjant Nilufar Zokirova (O’R MV SM);

С-2: Artur Guliyev (O’R MV SM) va Elyorjon Mamadaliyev.

Kumush medal:

K-4: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, (O’R MV SM) Yekaterina Shubina (O’R MV SM) va Arina Tanatmisheva;

С-1:Xonzoda Erkinova;

K-4: Samandar Haydarov, Shaxriyor Mahkamov (O’R MV SM), Vilyam Ibragimov va Denis Onufriyev.

Bronza medal:

K-1: Arina Tanatmisheva;

K-2: Shaxriyor Maxkamov (O’R MV SM) va Vilyam Ibragimov;

K-2: Kamila Malaxova va Yuliya Borzova (O’R MV SM);

С-4: Gulbahor Fayziyeva, kichik serjant Nilufar Zokirova, Xonzoda Erkinova va kichik serjant Dilnoza Rahmatova (O’R MV SM).

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti