Yaratilgan imkoniyatlar yoshlarga koʻmak

0
2327

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ertamiz davomchilarini vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etilishi belgilandi.

Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Fargʻona shahar maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Qoʻqon shahridagi musiqali drama teatri binosida Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalariga, shuningdek, Qurolli Kuchlar safini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida bir nechta tumanlardagi maktablarning Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan oʻquv yigʻin tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻqituvchilarga qarorning mazmun-mohiyati yetkazilib, mamlakatimizdagi oliy harbiy bilim yurtlari haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Dars jarayonlarida foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yigʻin savol-javoblarga boy oʻtdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati