Artilleriya boʻlinmalari mutaxassislari musobaqasi qizgʻin bahslarga boy boʻldi

0
3016

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari “Fargʻona” garnizoniga qarashli dala oʻquv maydonida okrug qoʻshinlarining barcha harbiy qismlaridagi artilleriya boʻlinmalari mutaxassislari oʻrtasida musobaqalar boʻlib oʻtdi. Harbiy xizmatchilar turli shartlar boʻyicha kurash olib bordi.

Dastlab artilleriya toʻpini sochib-yigʻish shartlari bajarilib, unda tezkorlik va aniqlik kabi sifatlarga alohida etibor qaratildi. Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish vositlari orqali meʼyorlarni bajarish bahslari ham qizgʻin kechdi. Shaxsiy qurollarni sochib-yigʻish, oshpazlik sanʼatini namoyish qilish shartalarida ham yurt posbonlari bor kuch va gʻayratlarini safarbar qildilar.

Musobaqa yakunida gʻoliblar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida xushovoz xonandalarning konsert dasturi boʻlib oʻtdi.  

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati