Harbiylarimiz “Pokiston kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan paradda ishtirok etdi

0
2513

1956-yilning 23-mart kuni Pokiston Islom Respublikasi mustaqil davlat sifatida eʼlon qilingan boʻlib, shundan beri ushbu sana mamlakatda milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Joriy yilning 23-mart kuni Islomobod shahrining “Shakarparian” maydonida “Pokiston kuni” munosabati bilan harbiy parad tashkil etildi.

Harbiy paradda mamlakatning uchta qoʻshin turlari – Quruqlikdagi qoʻshinlar, Harbiy havo kuchlari, Harbiy dengiz kuchlari hamda harbiylashgan boʻlinmalari – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari, reyndjerlar hamda maxsus boʻlinmalar, politsiya, harbiy kollejlar hamda ayollar boʻlinmalari shaxsiy tarkibi tantanali ravishda marsh bilan oʻtishdi.

Shuningdek, harbiy paradda Bahrayn, Ozarbayjon, Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar qatorida birinchi bor Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari ham ishtirok etdilar.

Shu munosabat bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi Oʻzbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchisi bilan qisqa suhbatda Oʻzbekiston harbiy kontingentning harbiy paradda ishtirok etganligi uchun mamlakatimiz rahbariyatiga oʻzining samimiy minnatdorchiligini, shuningdek Pokiston Qurolli Kuchlarining Quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni general Kamar Bajva “Bu Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Pokiston xalqiga birodarlik munosabatining yana bir dalili, Oʻzbekiston – Pokiston oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarining yanada mustahkamlash, strategik hamkorlikning tasdigʻidir”, – deb ishonch bildirgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti