Nukus garnizonida bayram arafasida oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi

0
5286

Navroʻz – yangilanish va yasharish bayrami arafasida harbiy xizmatchilar va harbiy pensionerlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ularga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda yetazish maqsadida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan Nukus garnizonidagi harbiy shaharchada bayram yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada mahalliy fermerlar, dehqon va tadbirkorlar hamda harbiy qismlarning yordamchi hoʻjaligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxidan arzonroq yetkazilib, harbiy shaharcha aholisiga qoʻshimcha qulayliklar yaratildi. Oziq-ovqat maxsulotlari rastalarida mol, qoʻy hamda parranda goʻshti bilan birga tirik baliq mahsulotlari ham oʻrin oldi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati