Ko‘zlari quvonchdan porlagan otaxon va onaxon qo‘llarini duoga ochdi

0
654

Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari Sharof Rashidov tumanidagi “Olmachi” mahallasi faollari bilan hamkorlikda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon Xolmirza ota Tojiboyev xonadonida bo‘lishdi.

Xolmirzo bobo bilan kechgan suhbat chog‘ida otaxon suyukli va vafodor turmush o‘rtog‘im bilan mana, 60 yildirki, birga yashab kelmoqdaman, deb yurt tinchligi yo‘lida o‘zining halovatidan kechib yurgan o‘g‘lonlarga ham ana shunday uzoq umrga teng baxtni tiladi.

Shirin xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, otaxon bir-biridan ajoyib va g‘aroyib vokealarni so‘zlab berdi. Suhbat davomida nuroniy otaxonimiz Xolmirza bobo bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlarni e’tirof etib, hozirgi kunlarimizga shukronalik bildirdi.

Shuningdek, xonadon egalari salomatligini yaxshilash, ular sog‘ligidan xabar olish hamda tibbiy muolajalar ko‘rsatish maqsadida harbiy shifokorlar tomonidan tibbiy tekshiruvlar olib borildi. Keksalar esa qo‘llarini duoga ochar ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz doim musaffo bo‘lishni tiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati