Savob ishlarda faol harbiylar

0
3606

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizoni harbiy xizmatchilari hamda Pop tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga xatna toʻylari oʻtkazildi. Ushbu moʻjazgina tantana Pop tumanidagi muhtasham “Diyor” toʻyxonasida tashkil etildi.

Marosim barchaga olam-olam quvonch bagʻishladi. Tadbirda ishtirok etgan sektor rahbarlari barchani yaqinlashib kelayotgan yasharish va yangilanish bayrami bilan tabriklab, kichkintoylarga oʻz sovgʻalarini topshirdi. Bayram dasturida harbiy xizmatchilar va tuman madaniyat boʻlimining chiqishlari barchaga birdek manzur boʻldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati